Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Oramizda shukronalik kayfiyatidagi fuqarolar soni kun sayin ortib bormoqda
2025-02-01 09:35:15 39
Ijtimoiy xodim faoliyatidan
Qo‘shtepa tumanidagi “Yangi do‘kon” mahallasida 3050 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 37 nafarini imkoniyati cheklangan nogironligi bor fuqarolar, 99 nafarini esa ijtimoiy himoya yagona reystriga kiritilgan oilalar tashkil etadi.
Mazkur mahallada faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodim Maxliyoxon Po‘latova tomonidan joriy yil yanvar oyi davomida ijtimoiy himoya yagona reystriga kiritilgan oilalar to‘liq xatlov qilinib, so‘rovnomalar o‘tkazildi. Shuningdek, yanvar oyi davomida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan, og‘ir vaziyatga tushib qolgan 14 nafar oilaga 56 ta xizmatlar uchun ariza kiritildi va “Keys menejment” usulida ijtimoiy ish ochilib, oilaning ijtimoiy va iqtisodiy holatini yaxshilashga erishildi.
Shuningdek, 3 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarga sog‘ligini tiklash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 313-sonli qaroriga asosan mahalla yettiligi “kallegial” qaroriga bilan “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 4,5 mln so‘m mablag‘ ajratildi.
Bundan tashqari bir nafar davolanishga muhtoj og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi fuqaroni tuman markaziy shifoxonasiga imtiyozi bepul davolanib, sog‘ligini tiklashga erishildi va ushbu fuqaroga zamonaviy raqamli eshitish moslamasi berildi.
Bu tumanning birgina mahallasida bir oy davomida amalga oshirilgan xizmatlar xolos. Aslida tumandagi barcha mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodimlar bir oy davomida yuzlab insonlarning mushkulini oson qilishga harakat qilishdi.
Ko‘rsatilgan xizmatlar yordamida o‘zini tiklab, sharoitini yaxshilagan, shukronalik kayfiyatidagi fuqarolar soni kun sayin ortmoqda.
Tumanimizdagi ijtimoiy xodimlarning oliy maqsadi esa ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolar va og‘ir vaziyatga tushub qolgan oilalarga davlat ko‘magini yetkazish, “Inson” qadrini ulug‘lashdir.