Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Sektor rahbarining tashabbusi bilan Oydin ko‘chasiga xomiylik asosida ichimlik suvi tarmog‘i tortilmoqda
2025-02-01 09:08:47 38
Qo‘shtepa tumanidagi “Bo‘ston” mahallasida 614 ta xonadonda 3206 ta aholi istiqomat qiladi. Bu mahallada ham barcha joylarda bo‘lgani kabi keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mahalladagi Oydin ko‘chasida 135 ta xonadon mavjud bo‘lib, aholi ichimlik suvini ancha uzoq masofadan tashishga majbur edi. Chunki avval tortilgan tarmoq butunlay yaroqsiz ahvolga kelgandi.
2-sektor rahbari, tuman prokurori A.Xudoyberganovning tashabbusi bilan Oydin ko‘chasiga xomiylik asosida, hashar yo‘li bilan 1 km ichimlik suvi tarmog‘i yangidan tortilmoqda.