Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Hokim yordamchisi xalq ko‘makchisi bo‘lmoqda
2025-01-30 12:58:59 119
Qo‘shtepa tumanidagi “Solijonobod” mahallasida yashovchi Abrorjon Jo‘raqo‘ziyev tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirib, mahalla hokim yordamchisi Sherzodbek Rahmonovga murojaat qildi.
Dastlab Abrorjonga mahalla hududidan o‘tuvchi A-373 magistral yo‘l bo‘yida K - SAVDO ga chiqarilgan bo‘sh turgan yer maydonlari tanishtirildi.
Shundan so‘ng, 200 kv.m maydonga tanlov g‘olibi bo‘lgan Abrorjon “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirdi.
Unga Xalq banki Qo‘shtepa filiali tomonidan 32.9 mln.so‘m imtiyozli kredit ajratilib, yuqori bosimli yuvish mashinalari olib berildi. Natijada 4 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.