Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo‘shtepada yoshlar nemis tiliga o‘qitilmoqda
2025-01-29 16:54:04 201
Qo‘shtepada 2-son Politexnikumi tashabbusi hamda tuman hokimligi ko‘magi bilan til o‘rganish orqali daromadlarini oshirish istagidagi yoshlar nemis tiliga o‘qitilmoqda.
E’tiborlisi, taxsil olayotgan ko‘plab yoshlarning o‘quv kurs harajatlari “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan to‘lab berilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 27 iyundagi “Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-239 sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda qonuniy, xavfsiz va tartibli migratsiyani tashkil etish maqsadida Germaniyada ta’lim olish hamda ishlash istagida bo‘lgan yoshlarni tumandagi kasb~hunar maktablari o‘quv xonalari imkoniyatlaridan foydalanib nemis tiliga o‘qitilmoqda.
Ahamiyatlisi, yoshlarga har tomonlama qulay bo‘lishi uchun tumanning 2 ta manzilida, 5 ta kichik guruhlarda o‘quv jarayonlari tashkil etilgan.