Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O‘quv seminar o‘tkazildi

×

 2025-01-29 16:24:45    208

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan Qo‘shtepa tumani hokimligining yig‘ilishlar zalida mahalla yettiligi ishtirokida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Dilshoda O‘rinova yuqoridagi qarorning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirdi.

Mahallalarda sog‘lom muhitni saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, choraklik manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarga mahalla–tuman–viloyat darajasida bevosita mas’ul rahbarlar biriktiriladi va aniq sohaviy javobgarlik yuklatilganligi bu borada mahalla yettiligining mas’uliyati yig‘ilganlarga yetkazildi.

Seminar qatnashchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollari, takliflarini yo‘llashib, batafsil javob oldilar.

Oldinda turgan ustuvor vazifalar belgilanib, qatnashchilar bilan kelishib olindi.