Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Hokim yordamchisi tomonidan ishsiz fuqaroga kredit asosida motokultivator olib berildi

×

 2025-01-28 14:35:05    177

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanida mahallalarga tayinlangan hokim yordamchilari tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yaxshilash borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Tumanning “Shahartepa” MFY hokim yordamchsi Gʻolibjon Madaminov hududdagi oilalarni o‘rganish davomida band bo‘lmagan aholi va yoshlarning sharoit va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ularni tadbirkorlikning turli sohalariga yo‘naltirish hamda doimiy daromad manbai yaratishga ko‘maklashmoqda.

Xususan, mahallada yashovchi Abdurasul Shokirov bugungi kunda ishsiz bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ishlariga ishtiyoqi baland edi. Hokim yordamchisi Gʻolibjon Madaminov va mahalla bankiri Ilxomjon Mo‘ydinov tomonidan fuqaroning oilasi va takliflari o‘rganilib, tegishli tavsiyalar asosida imtiyozli kredit ajratilib, fuqaroga motokultivator olib berildi. Natijada u kunlik va oylik daromadga ega bo‘ldi.