Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Xon atlas milliyligimiz ramzi
2025-01-24 17:47:01 670
Xon atlas - eng yorqin ranglar tabiat jilosi, gullar tasvirini o‘zida mujassam etgan o‘zbek milliy matosi hisoblanadi. Milliyligimiz ramzi, faxri va buvilarimiz siymosi bo‘lgan xonatlas barcha ayol va qizlarimizga birdek yarashadi. Ayniqsa, bu libos ommaviy ko‘rinishda kiyilsa.
Atlas matolari o‘zining turfaligi, go‘zalligi, qadimiyligi va betakrorligi bilan necha asrlarki, dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda. Bunday matoning vatani - O‘zbekiston va u yer yuzining boshqa hech qaysi nuqtasida tayyorlanmaydi.
Hozirgi kunda an’analarimizga bo‘lgan hurmat, milliyligimizni ulug‘lashdek yuksak hislarni yoshlar o‘rtasida yanada kuchaytirish maqsadida Qo‘shtepa tumanida "Xon atlas milliyligimiz ramzi" shiori ostida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ushbu tadbirlar doirasida “Paxtakor” MFY hududidagi Orzu ko‘chasida yashovchi Ozodaxon Akbarova o‘z ish joyida "Xon atlas milliyligimiz ramzi" mavzusida seminar mashg‘uloti tashkillab berdi.