Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepa tumanida 2 ta MTT bolajonlarga o‘z eshiklarini ochdi

×

 2025-01-24 17:35:03    582

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qo‘shtepa tumanida 2 ta DMTT foydalanishga topshirildi. Tumandagi 30 va 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida investisiya dasturi asosida qurilish ta’mirlash ishlari yakunlanib, bolajonlarni o‘z bag‘riga oldi.

Jumladan, “Shomirza” mahallasi hududida joylashgan 30-DMTTga zamonaviy 150-o‘rinli yangi bino qurilishi uchun 4,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, “Shahartepa” mahallasi hududidagi 20-DMTTga yangi oshxona qurish hamda mavjud binoni rekonstruksiya  qilish ishlariga 3,9 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Barcha sharoitlarga ega, keng va yorug‘ xonalar, sport va musiqa zallari, o‘yin maydonchasi, alohida ovqatlanish xonalari, innovasion ta’lim berishga ixtisoslashgan jihozlar endilikda kichkintoylarimizning porloq istiqboli uchun xizmat qiladi.

Muassasaning ochilish marosimiga bag‘ishlangan tadbirda tuman hokimi A.Abdullayev va sektor rahbarlari, soha xodimlari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, bu yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, tadbir davomida muassasalarning ramziy kalitlari, quruvchilarga esa esdalik sovg‘alari ham topshirildi.