Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi
2025-01-22 18:16:16 314
Bugun Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tashabbusi bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Tadbir davomida tumandagi hunarmand va tadbirkorlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasi ham tashkil etildi.
Shuningdek, sektor rahbarlari, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi mas’ullari, ish beruvchi korxona va tashkilotlar, 100 dan ziyod ishlash, o‘qish va sport bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslar qatnashdilar.
Tadbirda tuman hokimi Anvarjon Abdullayev so‘z olib, tashkil etilgan mehnat yarmarkasi ish topishda qiynalayotgan imkoniyati cheklangan fuqarolarni ish bilan ta’minlashda zarur va ahamiyatli ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Mehnat yarmarkasida Parijda o‘tkazilgan “Paralimpiya 2024” g‘olibi, “O‘zbekiston Iftixori” faxriy unvoni sohibi Yorqinbek Odilov ham ishtirok etib, sportga qiziqishi bor yoshlar bilan suhbat o‘tkazdi.
“Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” davomida 20 nafarga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar doimiy ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, 24 nafari monomarkazlarga o‘qishga yo‘naltirildi, 12 nafariga sport bilan shug‘ullanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.