Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Onlayn uchrashuv o‘tkazildi
2025-01-22 09:43:02 41
Qo‘shtepa tumani hokimining o‘rinbosari, tuman investisiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i B.Taniqulov boshchiligida Rossiya Federatsiyasining "O‘zbekiston hamdo‘stligi" Omsk viloyati jamoat tashkiloti rahbari B.Yusupov o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda savdo, iqtisodiy sohalarni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi hamda tekstil mahsulotlari eksportini rivojlantirish, savdo uylarini ochish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Bundan tashqari Omsk viloyati vakillari tumanda faoliyat yuritayotgan “Yuniform partnyor” (kiyim ishlab chiqaruvchi korxona)ga qiziqish bildirdilar. Ikki davlat o‘rtasida logistika imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.