Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo‘shtepa tumanida turkiyalik investorlar bilan hamkorlik doirasida yangi sanoat loyihasi yo‘lga qo‘yiladi
2025-01-10 20:45:40 549
Qo‘shtepa tumani hokimi o‘rinbosarlari turkiyalik investorlarni qabul qildi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, matoga rang berish loyihasini sanoat zonasi doirasida amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Loyihaga ko‘ra, matoni bo‘yoqlash sanoat zonasida yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu loyiha doirasida Turkiya investorlari tomonidan o‘rtacha 6 million AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritilishi rejalashtirilgan. Natijada, tumanda 200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi va hudud iqtisodiyotiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatiladi.
Tuman hokimligi mas’ullari tumanda yaratilayotgan qulay investision muhit, soliq imtiyozlari va logistika imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berib, ushbu loyiha kelgusida ikki tomonlama hamkorlikning muvaffaqiyatli namunasi bo‘lishini ta’kidlashdi.
Turkiyalik investorlar esa o‘z navbatida, loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun zarur barcha resurslar safarbar etilishini bildirdilar.
Mazkur loyiha tuman sanoat salohiyatini oshirish, mahalliy aholi bandligini ta’minlash va eksport ko‘lamini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.