Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Ayollar daftari”ning 6-bosqichini shakllantirish va xonadonma-xonadon yurish orqali xatlov ishlarini tashkillash bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi

×

 2025-01-10 16:14:22    533

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanidagi “Qiyqi” MFY hududida joylashgan 1-sektor shtabida O‘zbekiston Respulikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qarorining ijrosini ta’minlash, mahallalarda “Ayollar daftari”ning 6-bosqichini shakllantirish va xonadonma-xonadon yurish orqali xatlov ishlarini tashkillash bo‘yicha 1-sektor hududida joylashgan mahallalar raislari va mahalla xotin-qizlar faollari uchun  o‘quv seminar o‘tkazildi.

Seminarda tuman hokimi o‘rinbosari M.Yuldasheva, tumanga biriktirilgan  viloyat kasaba uyushmasi xodimi T.Xomidov, O‘zbekiston KU federatsiyasi viloyat kengashi rais o‘rinbosari L.Axmedova va mas’ul idoralarning vakillari hamda 19 ta mahallalarning mas’ullari ishtirok etishdi.

Seminar davomida “Qumtepa” mahalla “yettiligi” tomonidan xatlov jarayonini qanday tashkillash, nimalarga e’tibor qaratish, AD toifalar kesimida kimlar kiritilishi, anketa-so‘rovnomalarini to‘g‘ri va shaffof to‘ldirish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan yordamlarga  mahalla “yettiligi” mas’ul ekanliklari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, seminarda ishtirok etgan mahalla xodimlari o‘rganishi mumkin bo‘lgan xujjatlar bilan tanishdilar.