Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 139 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yangi yil ayyomi arafasida yo‘qlov tadbirlari davom etmoqda

×

 2024-12-31 13:47:01    847

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev va sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari tumanimizda joylashgan shifoxonalarda bo‘lib, bemorlar holidan xabar olishdi.

Tuman markaziy shifoxonasidagi bolalar, tug‘uruq va chaqaloqlar patologiyasi bo‘limlari hamda Langar bo‘limda davolanyotgan bemorlarga sektor rahbarlari va hokim o‘irnbosalari tomonidan bayram sovg‘alari hamda tuman hokimining tabriknomalari topshirildi.

Shuningdek, doshqozonda osh damlanib kasalxonadagi barchaga tarqatildi.

Tuman hokimi yangi yil bayramini shifoxonada kutib olayotgan bemorlar va ularning yaqinlariga dalda berib, tezroq sog‘ayib ketishlarini tiladi.

Mazkur yo‘qlovdan dardiga davo izlab, muolaja olayotgan barcha bemorlarning yuziga tabassum yugurdi.