Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 119 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Qorbobolar karvoni” loyihasi Qo‘shtepa tumanida davom etmoqda

×

 2024-12-29 20:41:57    672

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanida start olgan “Qorbobolar karvoni” loyihasi doirasida 100 nafardan ortiq Qorbobo va Qorqizlar yurtdoshlarimizga Yangi yil shukuhi va bayram kayfiyatini ulashishda davom etmoqda.

“Qorbobolar karvoni”  bugun dastlab “Sohibkor” mahallasi hududida joylashgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga sovg‘a-salomlar va ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi.

Undan so‘ng karnay sadolari ostida tumanimizning chekka hududi hisoblangan “Istiqbol” va “Xo‘jaqishloq” mahallalarida bo‘lgan Qorbobo va Qorqizlar odamlarga ko‘tarinki kayfiyat, bolajonlarga yo‘l davomida bayram sovg‘alari ulashishdi.

Qorbobo va Qorqizlar navbatdagi manzilga yo‘l olishib, 17, 49 va 10-maktablarning uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi o‘quvchilari Irodaxon Abdullaxonova, Mavludaxon Xolmatjonova, Madina Ismoilovalarning xonadonlariga galma-gal yetib borishdi. Barchaga birdek yuqori kayfiyat ulashgan musiqiy chiqishlar nafaqat bolajonlar, balki ularning ota-onasi, bobo, buvijonlariga ham manzur bo‘ldi.