Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Shifoxonadagi bolajonlar bayram arafasida yo‘qlandi
2024-12-28 18:20:40 107
Bolajonlar Yangi yil bayramini orziqib kutadilar. Chunki shirinlik va o‘yinchoqlardan iborat bayram sovg‘alari ularga bir olam zavq ulashadi. Ayniqsa, Yangi yilni xonadonida emas, kasalxonada qarshi olayotgan bemor bolalar uchun bu orzudek gap.
Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev hamda sektor rahbarlari tuman markaziy shifoxonasining bolalar bo‘limida davolayotgan jajji kichkintoylarni bayram bilan qutlash maqsadida kasalxonaga bordilar.
Bolajonlar Yangi yilda tezroq tuzalib, xonadonlarda sog‘-salomat yurishlarini tiladilar hamda ularga atalgan sovg‘alarni ulashdilar.
Hokimbuvaning bu tashrifidan bolajonlar va ularning ota-onalarining ko‘ngillari shod bo‘ldi.