Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo‘shtepa tumani fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining yerdan samarali foydalanish bo‘yicha dexqon xo‘jaliklariga MUROJAATI
2024-12-26 11:59:40 133
Assalomu alaykum hurmatli aziz dehqonlar! Muhtaram Prezidentimizning bir qator qarorlariga asosan tumanimizda aholini ish bilan ta’minlash, daromadlarini oshirish maqsadida dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yer maydonlari ajratib berildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-sonli, “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 10-sentyabrdagi PQ-373-sonli, shuningdek “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 05-apreldagi PQ-153-sonli qarorlariga asosan Qo‘shtepa tumanida 8256 nafar fuqarolarga o‘zlarini ish bilan band qilish, daromad orttirishlari uchun jami 1655 gektar yer maydonlari dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ajratib berildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi O‘RQ-680-sonli dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunini 9-10 moddalarida ko‘rsatilganidek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalaridan maqsadli va oqilona foydalanilishi ustidan nazorat qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi, dehqon xo‘jaligi tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish ixtisoslashuvga ko‘ra amalga oshirilmagan taqdirda, yer solig‘i uch baravar miqdorda undirilishi, dehqon xo‘jaligi tomonidan tuproq unumdorligini pasaytirish, tuproqni kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslantirish, shuningdek ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keladigan usullarni qo‘llash qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida yengil konstruksiyali issiqxonalar va boshqa imoratlar, shu jumladan yer osti inshootlari aniqlangan taqdirda, vakolatli davlat organining yozma taqdimnomasiga ko‘ra dehqon xo‘jaligi boshlig‘i mazkur inshootlar va imoratlarni vakolatli davlat organining yozma taqdimnomasini olgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida ixtiyoriy ravishda o‘z hisobidan buzib tashlashi hamda yer uchastkasini oldingi holatiga keltirishi ko‘rsatib o‘tilgan, shu sababli ajratib berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishingizni so‘rab qolamiz.