Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Yangiariq” mahallasida elektr ta’minoti yaxshilandi
2024-12-23 10:01:20 64
Bu yil Qo‘shtepa tumanidagi elektr ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlar “Oqtepa”, “Qoraqushchi” va “Yangiariq” mahallalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17-iyuldagi 259-sonli maxsus qaroriga asosan elektr ta’minotini yaxshilanishiga erishildi.
Jumladan, “Yangiariq” mahallasi hududida 2,7 km uzunlikda 10-0,4 kV kuchlanishli yangi havo tarmog‘i, aholi xonadonlariga esa 2,5 km uzunlikda SIP4 rusumli kabel tarmog‘i tortildi. Shuningdek 1 dona transformator punkti qurilish-montaj ishlari yakunlanib ishga tushirildi va aholi xonadonlari mazkur yangi tarmoqqa ulandi.