Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Parrandachilik rivojida innovasion yondashuv

×

 2024-12-17 08:29:00    231

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanida faoliyat yuritayotgan “Farg‘ona naslli parranda” MCHJ tuxum yetishtirishga ixtisoslashgan tadbirkorlik korxonasidir. Nozimjon Yo‘ldoshev rahbarlik qilayotgan ushbu korxona 2008-yil tashkil topgan bo‘lib,  asosan aholiga sifatli tuxum mahsulotlarini yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda jamiyatda tuxum beruvchi 250 ming dona parrandalar parvarish qilinmoqda. Korxonaning bir kunlik quvvati 200 ming dona sifatli tuxum mahsulotlari ishlab chiqaradi. Parranda syexlariga Turkiya davlatidan keltirilgan avtomatlashgan tovuq qafaslari o‘rnatilgan. Ta’kidlash joiz, mazkur qafaslarda boqilayotgan parrandalarga ozuqa berish va tuxumlarni yig‘ib olish inson omilisiz kompyuterlashgan dastur yordamida amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, korxona parrandalarni Rossiya federatsiyasi Sverdlovsk viloyatining parrandachilik fermasidan “Supernik” va “Koral” zotli parrandalarining tuxumlari olib kelinib inkubatorda ochirilib parvarish qilinadi. Bu zotlarning afzalligi tuxumchilikka moslashganligi va mahsuldorligi bilan boshqa parrandalardan ajralib turadi.

Xo‘jalikda 60 nafar ishchi xodim ish bilan ta’minlangan. Ularning yaxshi mehnat qilib, yaxshi dam olishlari uchun barcha sharoitlar tashkil etilgan.