Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 110 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Qumtepa” mahallasiga 10.6 kilometr yangi toza ichimlik suvi tarmog‘i tortildi

×

 2024-12-16 08:59:21    203

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanida joriy yilda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash, ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimi ob’yektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar davom etmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17-iyuldagi 259-sonli maxsus qaroriga asosan “Qumtepa” MFY hududida yashovchi aholi xonadonlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida hududdagi mavjud 1 dona tik ichimlik suvi qudug‘ini tozalash, 1 dona suv minorasini ta’mirlash, 2 dona yangi suv nasosi o‘rnatish hamda B.Marg‘iloniy, Chaman, Ezgu, Matonat, Rovon, Iqtidor, Tashabbus, Qumtepa, Navoiy, Kamolot, Teraktagi ko‘chalardagi 580 ta xonadonlarga 10.6 kilometr tarmoq tortilib, suv hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.

Loyiha ishlari “Kommunal LITI” DM tomonidan amalga oshirildi. Qurilish ishlari “MAROM BUILD TECH” MCHJ tomonidan bajarilib, hozirda aholi xonadonlariga ulash ishlari olib borilmoqda.