Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Bepul huquqiy xizmat bilan har bir uyga
2024-12-04 14:20:49 889
Qo‘shtepa tumani Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Vatan” mahallasida uyma-uy yurgan holda targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Tadbir avvalida “Vatan” mahallasida mahalla yettiligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-sonli farmoni va o‘zlarining faoliyatlari bo‘yicha qonunchilikdagi yangiliklar haqida hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligini munosib kutib olish to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida fuqarolar orasida eng ko‘p uchrayotgan muammolarning huquqiy yechimlarini tushuntirish, qonunchilikdagi imtiyoz va yangiliklar haqida xabardor qilish ishlariga alohida e’tibor qaratilib, qonunchilik tizimidagi eng oxirgi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilindi.