Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo‘shtepada saxovat tadbirlari davom etmoqda
2024-12-03 16:07:45 203
Mehrga muhtoj oilalarni yo‘qlash, ularga yordam ko‘rsatish xalqimizning qon-qoniga singgan eng azaliy qadriyatlarimizdan biri hisoblanadi. Ayniqsa, bayramlar arafasida bu kabi mehr-muruvvat xayriya tadbirlarining ko‘lami yanada ortadi.
3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida ijtimoiy ko‘makka muhtojlarga muruvvat ko‘rsatishdek xayrli amallar keng quloch yoygan.
Mahallalarda saxovatpesha xomiylar tomonidan tashkillanayotgan yo‘qlovlarda yoshi ulug‘ keksalar, imkoniyati cheklangan va ehtiyojmand oilalar vakillariga muruvvat ko‘rsatilib, ko‘ngillarga shodlik ulashilmoqda.
Jumladan, “Istiqlol” mahallasida istiqomat qiluvchi tadbirkor, “Anas elektroniks” MCHJ rahbari Xabibullo Abdullayevning tashabbusi bilan 14 turdagi zarur oziq-ovqat mahsulotlari tumanimizda istiqomat qiluvchi yoshi ulug‘ keksalar, bemorlar, shuningdek boquvchisini yo‘qotgan, extiyojmand yordamga muhtoj 200 ta oilalarga yetkazib berilmoqda.