Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
14 yoshlik a’zosi Muhammadazizbek chorva boqishni sir-asrorlarini bobosidan o‘rganmoqda
2024-12-02 12:46:41 305
Yurtimizda mehnat qilgan, izlangan odam hech qachon kam bo‘lmaydi. Bugungi kunda hovlisida qoramol, qo‘y-qo‘zi, parranda, quyon boqish bilan shug‘ullanib, o‘zining tinimsiz mehnati bilan yaxshi natijaga erishib kelayotganlar talaygina.
Patiddin Oxunov Qo‘shtepa tumanidagi “Xumdon” mahallasida yashaydi. Ular oilaviy chorvachilik bilan shug‘ullanib keladi. Ushbu oilaga faoliyatini rivojlantirish va qo‘shimcha daromad olishlari uchun mahalla hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra 33 million so‘m imtiyozli kredit ajratilgan.
Chorvachilik bilan shug‘ullanishni yo‘lga qo‘ygan oila vakillarining mashaqqatli mehnati natijasida zotdor chorvalarning soni kundan-kunga ortib bormoqda. Eng muhimi ular mehnatlari ortidan yutuqlar ham erishib kelmoqda.
Oilaning 14 yoshlik a’zosi Muhammadazizbek chorva boqishni sir-asrorlarini bobosi Patiddin Oxunovdan o‘rganib kelmoqda.
Muhammadazizbek Patiddinov kuni kecha Andijon viloyatida o‘tkazilgan “Zottor qo‘ylar” tanlovida “Zalato‘y” laqabli qo‘yi bilan ishtirok etib, MDX davlatlari o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni egalladi.