Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 138 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Abdasxon ota fermer xo‘jaligida amaliy seminar o‘tkazildi

×

 2024-11-28 19:50:09    639

PDF yuklash
Chop etish


“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida dala chetiga ko‘chat ekish va dala madaniyati bo‘yicha ishlarni jadallashtirish yuzasidan o‘tkaziladigan uchrashuv grafigiga ko‘ra Qo‘shtepa tumanidagi “Aligavharov Langar” MMTP hududidagi Abdasxon ota fermer xo‘jaligida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatdan biriktirilgan mas’ullar, tuman sektor rahbarlari hamda tumanimizdagi qishloq va suv xo‘jaligiga aloqador tashkilotlarning mas’ullari, shuningdek barcha fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda ko‘chatchilik pitomniklari egalari ishtirok etishdi.

Seminar davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida dala chetlariga tut, tok, terak va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, dala cheti va uvotlarni xas-xashakdan tozalash, daraxtlarni oqlash bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.