Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Xojiakbarning biznesi

×

 2024-11-28 09:39:02    333

PDF yuklash
Chop etish


Tadbirkor - el-yurtga madadkor

Qozog‘istondagi meva-sabzavot quritish va qadoqlash korxonasi hamda restoranlarida ishlagan Hojiakbar Murodov yaxshi niyatda yurtimizga qaytdi. Maqsadi o‘z uyida yurtimizda pishib yetilgan meva-sabzavotlarni quritish va qadoqlash korxonasi tashkil qilish edi.

Hojiakbar Murodovning tashabbusini Qo‘shtepa tumanidagi “Eshonguzar” mahallasi hokim yordamchisi Akbarjon Umarov qo‘llab-quvvatladi va unga Prezidentimizning o‘tgan yil 14 sentyabrdagi qaroriga ko‘ra, 100 million so‘m garovsiz imtiyozli kredit olib, o‘z biznesini boshlashiga amaliy yordam berdi.

Imtiyozli kreditni olib, Turkiya va Xitoydan meva-sabzavotni qayta ishlash va quritish uskunalarini sotib olgan yosh tadbirkor hozirda xonadonida o‘z biznesini boshlab, to‘rtta ish o‘rni yaratdi.

– Yurtimizda quritilgan meva va sabzavotlarga xorijda talab katta. Shuni inobatga olib faoliyatimizni yanada kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va quritilgan meva-sabzavotlarni xorijga eksport qilish harakatidamiz – deydi “Far frukto” MCHJ rahbari Hojiakbar Murodov.   

Harakatda barokat - deyishadi. Darhaqiqat oramizdagi Hojiakbar Murodov singari olg‘a intilayotgan, tinmay mehnat qilib, mavaffaqiyatga erishayotgan insonlar barchaga birdek o‘rnak bo‘la oladi. Zero, el xizmatida bo‘lgan bunday mehnatkash insonlarni xalqimiz doimo e’zozlaydi.