Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 154 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Langarda xrizantema gullari yetishtirilmoqda

×

 2024-11-11 09:48:13    391

PDF yuklash
Chop etish


Gul yetishtirib ro‘zg‘or tebratayotgan oilalar yurtimizda juda ko‘p. Qo‘shtepa tumanida ham gulchilik bilan shug‘ullanayotganlar soni tobora ortib bormoqda. “Langar” mahallasida yashovchi E’tiborxon Xalilova ham oila a’zolari bilan birga gul yetishtirib kelmoqda.

32 million so‘mlik imtiyozli kredit asosida xonadonda issiqxona qurilgan. Issiqxonada gul ko‘chatlari yetishtirilib har oyda 5 million so‘mdan daromad olmoqda.

Shuningdek 2022 yilda oila a’zolarining 3 nafariga 10 sotixdan 30 sotix ijaraga yer berilgan. Shu yerdan oila ikki marotaba hosil olishga erishmoqda. Bu yil birinchi hosilga kartoshka  ekilib, 50 million so‘m daromad olgan bo‘lsa, ikkinchi marotaba takroriy 10000 tup xrizantema gul ko‘chatlari ekilib, yana 80 million so‘m daromad olindi.

–  Astoydil qilingan mehnat o‘z samarasini beradi, –  deydi E’tiborxon Xalilova. – Tomorqamizdagi xrizantema gullari turfa ranglarda ochildi. Ko‘chatlarimizning o‘z xaridorlari bor. Mehnatimiz ortidan ro‘zg‘orimiz obod. Qolaversa qo‘shimcha 5 ta ish o‘rni yaratib, mahallada yashovchi xotin-qizlarni bandligini ta’minlab, ularga ham gul yetishtirish sir-asrorlarini o‘rgatayapmiz.

Albatta, mehnatga yarasha daromadga ega bo‘lish, har bir insonni yanada ko‘proq mehnat qilishga, izlanishga undaydi.