Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2024-11-07 14:32:00 612
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov ishtirok etdi.
Sessiyada deputatlar partiya guruhlari ro‘yxatga olindi, tuman kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Birinchi sessiya ishida viloyat hokimining Qo‘shtepa tumani hokimini tayinlash to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov Qo‘shtepa tumani hokimini tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarorini o‘qib eshittirdi.
Qo‘shtepa tuman hokimi lavozimiga nomzod Abdullayev Anvarjon Aliyevich tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturi taqdimot qilindi.
Nomzod bo‘yicha deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Deputatlar tomonidan Qo‘shtepa tumani hokimi lavozimiga Abdullayev Anvarjon Aliyevich nomzodi tasdiqlandi.