Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda
2024-11-07 12:19:19 24
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani Kengashining birinchi sessiyasi kun tartibida uchinchi masala – viloyat hokimining tuman hokimini tayinlash to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Amaldagi qonunchilikka asosan tuman, shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Sessiya ishida ishtirok etayotgan viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov tomonidan tuman hokimini tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarori o‘qib eshittirildi.
Tuman hokimi lavozimiga nomzod Abdullayev Anvarjon Aliyevich tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturi taqdimot qilindi.
Nomzod bo‘yicha deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Deputatlar tomonidan Qo‘shtepa tuman hokimi lavozimiga Abdullayev Anvarjon Aliyevich nomzodi tasdiqlandi.