Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Ayollar daftari: muammolar o‘z vaqtida hal etilmoqda
2024-11-06 08:28:16 253
Qo‘shtepa tumanidagi 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan 6485 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ning 5-bosqichiga kiritilgan. Joriy yilda ularning barchasiga asosiy va qo‘shimcha yordamlar ko‘rsatildi.
Jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 1813 nafar ayollarning tibbiy himoya, salomatligi bilan bog‘liq muammolari borligi aniqlangan.
Olib borilgan amaliy ishlar natijasida daftardagi tibbiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand barcha xotin-qizlarning muammolari hal etildi.
Buning uchun qariyb 191,2 mln so‘m mablag‘ sarflandi. “Ayollar daftari”ning 4-toifasidagi xotin-qizlarning 63 nafariga tibbiy yordamlar ko‘rsatilib, 106 nafari bepul stasionar yoki ambulator tartibda davolandi. Yana 106 nafari esa bepul dori-darmon bilan ta’minlandi, 4 nafariga murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazish va boshqa hizmatlar uchun jami 77,2 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.
Bundan tashqari, “Ayollar daftari” ga kiritilgan 32 nafar ehtiyojmand ayolning tibbiy himoyaga muhtoj farzandlarining muammolari ham hal etildi.
Umuman, tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tibbiy himoya, salomatligi bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.