Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Migratsiyadan qaytgan fuqaroning bandligi ta’minlandi
2024-10-24 10:01:47 487
Xorijda ishlab yurgan Xamidullo O‘rmonov yaqinda Qo‘shtepa tumaniga, oilasi bag‘riga qaytib keldi. “Shahartepa” mahallasida istiqomat qiluvchi Xamidullo O‘rmonovning ishsizligini bilgan mahalla hokim yordamchisi Gʻolibjon Madaminov unga imtiyozli kredit olib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishni tavsiya etdi.
Hokim yordamchisining taklifi Xamidullo O‘rmonovga ham maqul bo‘ldi. O‘ylab qarasa qishloq sharoitida motorollyori bor odam ham bemalol daromad qilsa bo‘lar ekan. Shuning uchun Xamidullo O‘rmonovga hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra motorollyor sotib olish uchun imtiyozli kredit ajratildi.
Hozirda uning bandligi ta’minlanib, mahalladoshlariga xizmati ko‘rsatish ortidan daromad topayotganligi quvonarli.