Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
2024-10-23 14:57:10 320
Qo‘shtepa tumani elektr ta’minoti korxonasi muxandislari tomonidan aholini elektr quvvati bilan uzluksiz ta’minlash sifatini yaxshilash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, ayni kunlarda “Loyson” mahallasi hududida 300 metr, “Kattaboltako‘l” mahallasida 12 ta xonadonga 250 metr, ushbu mahalladagi Qayrag‘och ko‘chasidagi 18 ta xonadonga 360 metr SIP kabellari tortildi.
Shuningdek, “Soybo‘yi mahallasida TP-517 ga o‘rnatilgan KTPS-250 kVA ni RLND lari montaj qilinib, ulashga tayyor xolatga keltirildi va 1 ta TP ni 0,4 kV uzatmasiga 31 ta xonadon ulandi.
Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq “Borot” mahallasida qurilgan 2 ta TPni 0,4 kV uzatmasiga xonadonlarni ulash ishlari nihoyasiga yetkazildi.
Qolaversa “Oqtepa” mahallasida maxsus qaror bo‘yicha qurilgan TPga 19 ta xonadonni ulash ishlari ham olib borildi.