Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

5-umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

×

 2024-10-22 16:03:58    263

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanidagi 5-umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun tuman Qo‘riqlash bo‘limining tashabbusi bilan “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tuman mudofa bo‘limi, FVB va Milliy gvardiya huzuridagi psixolog inspektorlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Bekzod Mamatov ishtirok etdi.

Tadbir davomida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Shuningdek, o‘quvchilarga qo‘riqlash xizmatining afzalliklari va tezkor harakatlanuvchi guruh haqida hamda harbiy anjom-aslahalar, yong‘in havfsizligini oldini olish to‘g‘risida tushunchalar berildi. Qolaversa o‘quvchilar kamondan o‘q otish bo‘yicha ham qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Tadbirda maktab jamoasi viloyat qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi va maktab direktori Dilafruz Dadaxonovaga topshirildi.