Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Fan olimpiadasining tuman bosqichiga start berildi

×

 2024-10-21 13:33:13    286

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qo‘shtepa tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida asosiy fan olimpiadasiga start berildi.

Tumandagi 50-umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbir 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni shodiyonalariga ulanib ketdi.

Tadbirni tuman hokimining o‘rinbosari A.Yusupov ochib berdi. Ishtirokchilarni 21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan tabriklab, fan olimpiadasida qatnashayotgan o‘quvchilarga omad tiladi. 

Tadbir davomida ushbu shodiyona munosabati bilan mezbon maktab jamoasi tomonidan “O‘zligimiz timsoli – ona tilim!” deb nomlangan musiqiy dastur namoyish etildi va tadbirdan so‘ng o‘quvchilar uchun fan olimpiadasiga start berildi.

Tashkil etilgan fan olimpiadasining birinchi kunini adolatli, shaffof va haqqoniy o‘tkazish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilgan bo‘lib, o‘quvchilar bilimi sinovdan o‘tkazildi. Jarayonlar fanlar kesimida qilingan taqsimot asosida 5 kun davom etadi.