Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepa tumanida press-tur va matbuot anjumani o‘tkazildi

×

 2024-10-18 13:10:27    193

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan navbatdagi press-tur tashkil etildi.

Ishtirokchilar press-tur davomida “Soybo‘yi” mahallasida bo‘lib, mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida “Soybo‘yi” mahallasida bir qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, jumladan, tadbirkor Ulug‘bek Hakimov rahbarligidagi “Soybo‘yi universal plyus” MCHJ tomonidan mamlakatimiz Prezidentining PQ-376-sonli qarori ijrosini hayotga tadbiq etish maqsadida mahalla binosida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida o‘quv markazi tashkil etildi. Tumanning turli mahallalaridan kelgan ayollar o‘quv markazida 60 soatlik dastur asosida do‘ppichilik sir asrorlarini o‘rganishmoqda. Yaqinda ushbu kursni tamomlagan 20 nafar opa-singillarimizga sertifikatlar topshirilgan bo‘lsa, ayni damda ularning yana 20 nafari kasb-hunarga o‘qitilmoqda.

Bundan tashqari 70 nafar ayollarning bandligi ta’minlangan bo‘lib, ular mahalla binosida tashkil etilgan kichik sexda hamda o‘z uylarida kasanachilik asosida tikuvchilik va do‘ppido‘zlik bilan shug‘ullanib kelishmoqda.

Ishtirokchilar tadbir davomida ushbu joyda faoliyat olib borayotgan hunarmand xotin-qizlar bilan hamsuhbat bo‘lib, ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Press-turdan so‘ng tumandagi “Yoshlar markazi”da “Qo‘shtepa tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5 aprel kungi 153-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani ham tashkil etildi.

Matbuot anjumani Qo‘shtepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Akmaljon Yusupov ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-153-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 355,4 gektar (shundan 47,93 ga bo‘sh yer maydoni, 245,8 gektar g‘alla maydonidan bo‘shagan yerlar, 60,79 ga paxta ekilgan maydon) unumdorligi yuqori bo‘lgan ekin maydonlari mahalla yettiligi tavsiyasi asosida 13 ta toifadagi yoshlarga ajratib berildi. Shu kunga qadar 1351 nafar yoshlarga ekin maydoni yopiq auksion orqali 30 yil muddatga ijara asosida ajratib berilib, yoshlarning bandligi ta’minlandi. Hozirda 750 nafar yoshlar dehqon xo‘jaligi tashkil etib, 412 nafar yoshlar o‘zini o‘zi band qilib soliqdan ro‘yxatdan o‘tkazildi. 189 nafar yoshlar esa ayni kunlarda dehqon xo‘jaligi tashkil etish jarayonida turibdi.

Bundan tashqari “Fermerlar maktabi” elektron platformasi orqali qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha 913 nafar yoshlar o‘qib sertifikat oldi. Bugungi kunda jami 293,73 ga yer maydoniga “Bir kontur bir mahsulot” tamoyili asosida sabzavot, poliz va dukkakli ekin ekib jami 768,9 tonna mahsulot yetishtirilgan. Hozirda hosili yig‘ib olingan 30 gektardan ortiq ekin maydoniga to‘qson bosti ekin mahsulotlari ekib yetishtirilmoqda.

Anjuman davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishlicha javoblar olishdi.