Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Кузги ҳосилдан деҳқонларнинг қўли пул кўрмоқда

×

 2024-10-17 12:30:06    108

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanidagi “Solijonobod” mahallasining aholisi dehqonchilikning ortidan yaxshi daromad topmoqda.

Mahallada istiqomat qilayotgan 76 yoshli Ashurmuhammad Mamarasulov 15 sotixli issiqxona barpo qilib, oilasi bilan limon parvarishlamoqda. Hozirgi kunda issiqxonada 150 tupdan ortiq limon ko‘chatlari mo‘l hosilga kirgan. Dehqon bu yil 80 million so‘mdan ortiq daromad olishni niyat qilgan.

Shuningdek, mahallaning Nurli hayot ko‘chasida yashovchi Arabboy Ma’mirovning tomorqasida yetishtirilayotgan gullari esa alvon rangda ochildi. Bu gullar bugungi kunda mamlakatimiz bo‘ylab sotilmoqda. Bu yil 16 sotix tomorqadan 50 million so‘m daromad olishni rejalashtirgan gulchimizning o‘ziga yarasha niyatlari bor. Arabboy Ma’mirov kelgusida gul yetishtiriladigan maydonni yanada kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni maqsad qilgan.

Shu o‘rinda aholi xonadonlaridagi mavjud tomorqalardan unumli foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatib kelayotgan mahalla mas’ullari va hokim yordamchisining sa’yi-harakatlarini alohida e’tirof etish lozim.