Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tadbirkor: “Asosiy maqsadimiz xalqimizga sifatli mahsulotlar yetkazib berish”
2024-10-17 10:07:37 298
Qo‘shtepa tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali sanaot va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish, pirovardida aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar ham e’tirof etishga arziydi. Xususan, “Vatan” mahallasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar tufayli mazkur soha ham rivoj topmoqda.
Ushbu mahallada tashkil etilgan “Mo`ydin xojiota yurti baraka” oilaviy korxonasida bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlaridan biri oqqand ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Loyiha tashabbuskori Muborakxon Parpiyevaning sa’y-harakati tufayli mazkur korxonada 3 nafar ishsizlarning doimiy bandligi ta’minlandi.
- Ishlab chiqarayotgan mahsulotni mijozlarga vaqtida yetkazish va eng muhimi sifatiga kafolat berish asosiy vazifamiz sanaladi. Kelgusida korxona faoliyatini kengaytirish va ishchi o‘rinlarini ham ko‘paytirish niyatimiz bor. Asosiy maqsadimiz xalqimizga sifatli mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan, - deydi tadbirkor Muborakxon Parpiyeva.