Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo‘shtepa tumanida “Sog‘lom hayot uchun” 5000 qadam yurish marafoni o‘tkazildi
2024-10-12 11:08:23 422
Bugun erta tongdan Qo‘shtepa tumanidagi BO‘SMda 200 ga yaqin yoshlar, nuroniylar, sport murabbiylari, velosportchilar, shuningdek, tumandagi muassasa va tashkilot vakillari hamda ko‘ngillilar ishtirokida an’anaga aylanib, xalq orasida ommalashib ulgurgan “Sog‘lom hayot uchun” 5000 qadam yurish marafoni o‘tkazildi.
Tadbirda ikki yuz kishilik marafon ishtirokchilari ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarida qatnashib, yurish marafonida besh ming qadamni bosib o‘tdilar.
Marafonda tuman hokimining o‘rinbosari A.Yusupov va yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining mas’ullari ham ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublkasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5148-sonli qaroriga muvofiq, tumanimizda 30-70 yosh toifasidagi mahalla tizimi xodimlari va aholi o‘rtasida sport sinovlari tashkil etildi. Tadbir davomida ushbu sport sinovlarida faol qatnashib, sertifikatni qo‘lga kiritgan 6 nafar sportchilarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.