Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
2023 yil 31 yanvar kungi PQ-39-sonli “Oilaviy tadbirkorlikni rivojalntirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari” to‘g‘risida
2024-10-09 19:07:41 262
Assalomu alaykum, tumandoshlar!
Muhtaram yurtboshimizning 2023 yil 31 yanvar kungi PQ-39-sonli “Oilaviy tadbirkorlikni rivojalntirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari” to‘g‘risida qarorlari qabul qilindi.
Mazkur qarorda aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, birinchi navbatda, mahallarda kichik biznes va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilish borasidagi tadbirlarini tizimli ravishda davom ettirish maqsad qilib olindi.
Tumanimiz ish o‘rinlarini tashkil qilishda quyidagi moliyaviy instrumentlardan foydalaniladi. Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida tijorat banklari tomonidan barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 2024 yilda 54,0 mlrd.so‘mdan ortiq kredit resurs mablag‘lari yo‘naltiriladi.
Shundan, Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 14,0 mlrd.so‘m, Aholini biznesga jalb qilish yo‘nalishida 30,0 mlrd.so‘m, Biznesga birinchi qadam loyihasi bo‘yicha 10,0 mlrd.so‘mni tashkil qiladi.
Mazkur qaror ijrosi bo‘yicha, Qo‘shtepa tumanida joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 20 mlrd 320 mln.so‘m kredit resurslari ajratilib sektor va mahallalar kesimida taqsimlab olindi.
Jumladan,
1-sektorga 6 mlrd 611 mln.so‘m; 3-sektorga 3 mlrd 832 mln.so‘m;
2-sektorga 4 mlrd 893 mln.so‘m; 4-sektorga 4 mlrd 985 mln.so‘m.
Joriy yil yanvar-senyatbr oylari davomida 8 187 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan jami 31 mlrd 967 mln.so‘m imtiyozli kreditlar olish uchun arizalar kelib tushgan.
Shundan, qaror talablariga muvofiq 851 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga jami 13 mlrd 938 mln.so‘m imtiyozli kredit ajratilishi uchun hokim yordamchilari tomonidan ijobiy xulosalar berilgan.
Ijobiy tavsiyanomaga asosan 689 nafariga jami 11 mlrd 122 mln.so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Ajratilgan kreditlar natijasida 938 nafar aholi daromadli ish bilan ta’minlandi va shundan 618 ta doimiy daromadga ega bo‘lgan oilalar kambag‘allik toifasidan chiqarildi.
Yil yakuniga qadar mazkur qaror ijrosini to‘liq ta’minlash maqsadida, yuridik va jismoniy shaxslarga jami 20,3 mlrd.so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishini, buning natijasida jami 1650 dan ziyod fuqarolarni bandligini ta’minlashni rejalashtirganmiz.
Aholi bandligi ta’minlash bo‘yicha
Qo‘shtepa tumanida 51 ta mahalla fuqarolar yig‘ini, ularda 38 141 ta xonadonlar hamda ushbu xonadonlarda 203,4 ming.dan ziyod fuqarolar istiqomat qiladi. Iqtisodiy faol aholi soni 87 515 nafarni, ish bilan band aholi soni 81 236 nafarni (shundan, rasmiy sektorda 41 545, norasmiy sektorda 10 904 nafar) tashkil etadi. Ishsizlar soni 6 279 nafar, ishsizlik darajasi 7,2%.
Joriy yilda iqtisodiy nofaol aholidan mehnat bozoriga kirib keluvchilar 12 323 nafarni, shuningdek, bitiruvchilar (maktab va KXKM)
3 177 nafar va migratsiyadan kaytadiganlar 1611 naafrni tashkil etishi kutilmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib joriy yilda 17 344 nafar aholi bandligini ta’minlashni rejalashtirganmiz.
Doimiy – 7 528 ta, Mavsumiy – 9 406 ta, Vaqtinchalik – 410 ta.
Jumladan:
Investisiyalar mahalliy sanoatni rivojlantirish hisobiga –
1 048 ta;
Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik hisobiga – 5 300 ta;
Qishloq ho‘jaligi sohasida – 10 380 ta;
Qurilish sohasida – 616 ta;
Rejaga asosan yanvar-sentyabr oylari davomida jami 17 345 nafar aholi bandligi ta’minlandi (rejaga nisbatan 100 %).
Jumladan,
Investisiyalar mahalliy sanoatni rivojlantirish hisobiga – 877 nafar;
Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik hisobiga – 5970 nafar;
Qishloq ho‘jaligi sohasida – 9 775 nafar;
Qurilish sohasida – 723 nafar ishsiz fuqarolar bandligi ta’minlandi.