Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo‘shtepada 14 nafar ayolga subsidiya asosida tikuv mashinalari va pishirq pechlari berildi
2024-10-09 16:52:11 281
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligida tuman hokimi o‘rinbosari M.Yuldasheva hamda Davlat mussasalar va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi raisi Q.Mamazoxidovlar ishtirokida “Ayollar daftari”ning birinchi va ikkinchi toifasida turgan 14 nafar xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamg‘arma mablag‘lari hisobidan subsidiya asosida tikuv mashinalari va pishiriq pechlari berildi.
Tikuv mashinalari va pishiriq pechlarini topshirgan mas’ullar yurtimizda ayollarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida Qo‘shtepa tumanida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib, opa-singillarimizning kelgusi ishlariga omad va zafarlar tiladi.
Mehnat qurollari topshirilgan opa-singillarimiz o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish uchun tadbirkorlik o‘quv kurslarida o‘qib sertifikat olishgan bo‘lsa, bugun ish boshlashlari uchun mehnat qurollarini qabul qilishdi. Demak, ular o‘z oilalarida ish faoliyatlarini boshlashga tayyor.
Ayollar bandligini ta’minlash, ularni yakka tartibda tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish va bu kabi amaliy ishlar tumanimizda davom etmoqda.