Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tadbirkor eksportbop, yuqori sifatli mahsulot tayyorlashni yo‘lga qo‘ydi

×

 2024-10-09 08:47:04    115

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanining “Eshonguzar” mahallasida yashovchi tadbirkor Xojiakbar Murodov tomonidan loyiha qiymati 300 mln so‘mni tashkil etadigan loyiha yo‘lga qo‘yildi. Ushbu loyiha Turkiya hamda Xitoy texnologiyasi asosida o‘zimizda yetishtirilgan turli meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlashga ixtisoslashgan.

Bu yerda zamonaviy texnologiyalar asosida tabiiy xususiyatlari saqlab qolingan meva-sabzavot mahsulotlari qayta ishlanib, bejirim va turli o‘lchamlarda  qadoqlanadi.

– Zaminimiz oftobiga to‘yingan, unumdor va bahavo hududlarda pishib yetilgan sarxil noz-ne’matlar g‘oyat mazali va foydali darmondorilarga boydir. Shu bois bunday mahsulotlarni yurtdoshlarimiz ham, xorijliklar ham birdek sevib iste’mol qiladi. Shunga muvofiq, . “Far furukto” MCHJ tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash,  quritish va qadoqlashni yo‘lga qo‘ydik. Loyiha doirasida mahsulotlarni xorijga eksport qilish va 20 nafar ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlashni rejalashtirganmiz, – dedi tadbirkor Xojiakbar Murodov.