Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Dolzarb oylik: Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
2024-10-08 13:46:34 216
Qo‘shtepa tumanida giyohvandlikka qarshi kurashish “Dolzarb oylik” doirasida idoralararo kompleks targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Jumladan, bugun tuman Adliya bo‘limida ham giyohvandlikka qarshi kurashishga oid targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda so‘z olgan mutaxassislar tomonidan giyohvandlik illatining salbiy oqibatlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, giyohvandlik, tamaki va alkogol moddalar girdobiga tushganlarning organizmidagi salbiy o‘zgarishlar, ularning umumiy sog‘lig‘iga, jumladan naslga, miya va yurak, qon-tomir faoliyatiga, ruhiyatiga, shu bilan birga, ongi va tafakkuriga salbiy ta’sir o‘tkazishi haqida tahliliy ma’lumotlar hamda faktlar asosida tushuntirildi.