Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepa tumanida paxta yig‘im-terimi qizg‘in pallada

×

 2024-10-07 15:19:54    248

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimiz paxta dalalarida shu kunlarda yig‘im-terim avj pallasiga kirdi. Barcha fermer xo‘jaliklari dalasida paxta terimi uyushqoqlik bilan olib borilayapti. Oppoq paxta xirmonlari kun sayin osmonga bo‘y cho‘zayapti. Qo‘shtepaliklar ham bir yoqadan bosh chiqarib, g‘alaba marrasi sari dadil intilmoqdalar.

Shu kunlarda mahallalardagi mehnat bilan band bo‘lmagan fuqarolar, uy bekalari, nuroniylar hamda ko‘ngillilar paxta yig‘im-terim hasharida faol  ishtirok etmoqdalar.

Bugun “Xormanglar!”ga chiqqan “Baland masjid”, “Sarmazor”, “Eshonguzar”, “Quvirboshi” va “Xumdon” mahallalarining mas’ullari tomonidan 70 nafardan ziyod hasharchi va terimchilarga yog‘ mahsuloti berildi.