Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tadbirda giyohvandlik illatining oqibatlari haqida ma’lumot berildi
2024-10-05 17:42:19 356
Qo‘shtepa tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida giyohvandlikka qarshi kurashish “Dolzarb oylik” doirasida tashkil etilgan tadbirda mutaxassislar tomonidan giyohvandlik illatining oqibatlari haqida ota-onalarga ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, giyohvandlik, tamaki va alkogol moddalar girdobiga tushgan yoshlarning organizmidagi salbiy o‘zgarishlar, ularning umumiy sog‘lig‘iga, jumladan naslga, miya va yurak, qon-tomir faoliyatiga, ruhiyatiga, shu bilan birga, ongi va tafakkuriga salbiy ta’sir o‘tkazishi haqida tahliliy ma’lumotlar hamda faktlar asosida, ko‘rgazmali targ‘ibot materiallaridan foydalangan holda tushuntirish berildi. Shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan o‘quvchilar uchun “U o‘lmadi ammo tirik ham emas” nomli video film namoyish etildi.