Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Nuroniylar e’zozimizda: QO‘SHA QARISH SAODATI

×

 2024-10-04 16:43:11    386

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” sifatida nishonlanadi va haftalik doirasida yoshi ulug‘ keksalar, nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ibrat maktabini keng targ‘ib etish maqsadida turli ma’naviy hamda ma’rifiy tadbirlar amalga oshiriladi.

Ushbu haftalik doirasida “Nuroniy” jamg‘armasi Qo‘shtepa tuman bo‘limi tomonidan ham joylarda ko‘plab tadbirlar tashkillanmoqda. 

Bugun ana shunday tadbirlardan biri “Qo‘sha qarish saodati” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ezgu loyiha doirasida tuman hokimi o‘rinbosari M.Yuldasheva, hokim maslahatchisi M.Mo‘ydinova va “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limining mas’ullari tumanning “Langar” mahallasida istiqomat qiladigan ana shunday ibratli oila sohiblari – Mavlonovlar xonadonida bo‘ldilar. 

45 yildan buyon birgalikda umrguzaronlik qilib kelayotgan Abdullajon ota Mavlonov hamda Yulduzxon ona Mavlonova ibratli hayot yo‘llari, farzandlar tarbiyasi bilan mahalla va tumanda hurmat-obro‘ga ega.

Nafaqat mahallada, balki tumanda ham ko‘plab insonlar taniydigan shifokorlar bugun 6 nafar farzand, 12 nabira va 3 evara izzat-ikromida baxtli hayot kechirib, keksalik gashtini surmoqdalar.

Yo‘qlov davomida xonadon sohiblariga tuman hokimligi vakillari hamda ularning yaqinlari tomonidan ana shunday uzoq yillik ibratli faoliyati va turmushi uchun minnatdorchilik bildirildi.