Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Yoshlarga giyohvandlik illatining oqibatlari haqida ma’lumot berildi
2024-10-04 11:14:03 393
Qo‘shtepa tumanidagi 3-umumta’lim maktabida giyohvandlikka qarshi kurashish “Dolzarb oylik” doirasida tashkil etilgan tadbirda giyohvandlik illatining oqibatlari haqida ma’lumot berildi.
Maktab direktori M.Qodirov, MMIBDO‘ M.Asqarov, mahalla profilaktika inspektori D.Abduraimov va “Xumdon” MFY yoshlar yetakchi S.Gʻaniyevlar ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga, salomatligiga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar to‘g‘risida fikr va mulohazalar bildirildi. Yoshlarni giyohvandlik va og‘ufurushlikdan hamda turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish eng dolzarb vazifa ekani alohida ta’kidlandi.
Shu bilan birga, giyohvandlik, tamaki va alkogol moddalar girdobiga tushgan yoshlarning organizmidagi salbiy o‘zgarishlar, ularning umumiy sog‘lig‘iga, jumladan naslga, miya va yurak, qon-tomir faoliyatiga, ruhiyatiga, shu bilan birga, ongi va tafakkuriga salbiy ta’sir o‘tkazishi haqida tahliliy ma’lumotlar hamda faktlar asosida, ko‘rgazmali targ‘ibot materiallaridan foydalangan holda tushuntirish berildi. Shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan o‘quvchilar uchun “U o‘lmadi ammo tirik ham emas” nomli video film namoyish etildi.