Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Giyohvandlik-umr zavoli
2024-10-04 09:45:12 237
Giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha “Dolzarb oylik” doirasidagi tadbirlar Qo‘shtepa tumanida ham har bir ta’lim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda, mahallalarda o‘ziga xos tarzda, yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.
Jumladan, tumandagi 20-maktabning 11-sinf o‘quvchilarining bu galgi ma’naviyat soati ham ushbu oylik doirasida o‘tkazildi.
“Giyohvandlik-umr zavoli” deb nomlangan ma’naviyat soatida profilaktika inpektori A.Farmonov ishtirok etdi.
Tadbirda yoshlarimizga giyohvandlik, kashandalik, psixatrop dori vositalarini iste’mol qilish salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida tushunchalar berildi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, milliy qadriyatlarimizni e’zozlashga o‘rgatish bilan birgalikda bu kabi illatlarga qarshi kurash asosiy maqsadimizga aylanishi to‘g‘risida aytib o‘tildi.
Shuningdek, dars davomida giyohvandlikning salbiy illatlari, keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatlar aks ettirilgan videorolik ham namoyish etildi.