Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tomorqa – koni foyda, orzu-havas manbai

×

 2024-10-02 16:59:01    289

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanidagi “Paxtakor” mahallasining aholisi ko‘p yillardan buyon erta bahorda tomorqasiga kartoshka, pomidor, bodring, piyoz, bulg‘or qalampiri, karam va boshqa sabzavot mahsulotlari bilan birga qulupnay ham ekib parvarishlab kelishmoqda. Bugun o‘ttizdan ortiq xonadon tomorqasida albatta, qulupnay yetishtirilayotganini ko‘rish mumkin.

Mirishkor dehqon Abdurashid Mamataliyevni olsak, hovlisi etagidagi 6 sotixga yetadigan tomorqasini yashnatib qo‘yganidan bahri-dilingiz ochiladi. Qolaversa u qo‘shimcha yerda olti yil muqaddam xorijdan keltirilgan serhosil qulupnay ham yetishtirmoqda.

Abdurashid Mamataliyevning ta’kidlashicha qulupnaydan yil bo‘yi daromad olish mumkin ekan.  Bu yilgi hosil ham ancha barakali bo‘ldi.

– Qulupnay yetishtirish o‘ziga xos tajriba va bilim talab etadigan, o‘ta nozik ish – deydi Abdurashid Mamataliyev. – Qulupnayning “Qora marvarid” navini ekib parvarishlayapmiz. Bu navni afzallik tomoni yil bo‘yi daromad olishingiz mumkin. Mana, sentiyabr oyida ham 12 million so‘m daromad oldik. Hali dalada hosil mo‘l. 

Darhaqiqat mirishkor dehqonning ta’biri bilan aytganda, tomorqa – koni foyda, orzu-havas manbai. Hech narsaga zoriqmay degan kishi borki, tomorqasini qarovsiz tashlab qo‘ymasligi kerak.