Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 114 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ilg‘or terimchilar rag‘batlantirilmoqda

×

 2024-10-02 08:36:17    240

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimiz paxta dalalarida shu kunlarda yig‘im-terim avj pallasiga kirdi. Barcha fermer xo‘jaliklari dalasida paxta terimi uyushqoqlik bilan olib borilayapti. Oppoq paxta xirmonlari kun sayin osmonga bo‘y cho‘zmoqda. Qo‘shtepaliklar ham bir yoqadan bosh chiqarib, g‘alaba marrasi sari dadil intilmoqdalar.

Paxta yig‘im-terimida uyushmagan aholi vakillari – opa-singillarimiz faol qatnashmoqdalar. Ilg‘or terimchilar muntazam ravishda fermerlar, hokimyat vakillari, xomiylar tomonidan rag‘barlantirilyapti.

Shu kunlarda “Istiqbol” mahallasi hududida ham paxta terimi jadal sur’atda davom etmoqda. “Xamidullayev Risqitillo” fermer xo‘jaligida paxta mavsumida ishtirok etayotgan terimchi opa-singillarimiz mahalla mas’ullari tomonidan rag‘batlantirildi.

Rag‘bat terimga baraka kiritadi. Ana shunday rag‘batlantirishlar tumanimiz bo‘ylab davom etmoqda.