Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 125 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Mukofot muborak bo‘lsin!

×

 2024-10-01 19:06:38    294

PDF yuklash
Chop etish




O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Farg‘ona shahrida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyat xalq ta’limi tizimida uzoq yillar ishlagan, sohada faol va fidoyi bo‘lgan faxriylar va eng namunali ish tashkil qilgan o‘qituvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida ta’lim tizimining barcha jabhalarida eng namunali ish tashkil qilgan o‘qituvchilarning bir guruhiga “Xalq ta’limi fidoyisi” va "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishonlari topshirildi.

Taqdirlanganlar orasida tumanimizdagi 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati o‘qituvchisi Mohiraxon Ahmadbekovaning borligi bizni quvontirdi. Ta’lim sohasida uzoq yillar davomidagi samarali mehnatlari uchun Mohiraxon "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.

Barcha tumandoshlarimiz nomidan Mohiraxon Ahmadbekovani tabriklaymiz!