Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 70 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

100 nafardan ziyod hasharchilar rag‘batlantirildi (foto)

×

 2024-09-27 15:25:20    14

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanidagi “Fergana global textile” MCHJ paxta-to‘qimachilik klasteri joriy yilda 1687 gektar maydondan 6369 tonna yuqori sifatli hosil olishni ko‘zlashgan. Qolaversa, 4 ta paxta terish mashinasini mavsumda ishtirok etayotgani ham muhim samara berapti.

Shu kunlarda ming mashaqqat, katta sarf-harajat evaziga yetishtirilgan paxta hosilini tezroq yig‘ib-terib olish, shartnoma rejasini bajarish ishlari jadal suratda olib borilmoqda. Xususan, paxta-to‘qimachilik klasteri a’zolari bilan birga uyushmagan aholi vakillari ham “oq oltin”ni yig‘ib olishda astoydil bel bog‘lab mehnat qilishmoqda.

Bugun tushlik mahali klaster a’zolari va hasharchilar uchun tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan musiqiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi A.Abdullayev va tuman prokurori A.Xudoyberganovlar ham ishtirok etishdi.

Tadbir davomida sektor rahbarlari ishtirokida paxta terimida ishtirok etayotgan 100 nafardan ziyod hasharchilar rag‘batlantirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, bir necha yildan buyon klasterda ishlab nafaqa yoshiga yetgan suvchi U.Hakimovga milliy urf-odatlarimizga ko‘ra to‘n-do‘ppi kiydirilib, beliga atlas chorsi bog‘landi va esdalik sovg‘asi topshirildi.

Tushlik mahali tashkil etilgan tadbirda hasharchilarimiz Qo‘shtepaning xushovoz xonandalari S.Azimov va M.Qosimovlarning qo‘shiqlaridan bahramand bo‘lishdi. Bunday e’tibordan barcha birdek mamnun bo‘ldi.