Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Viloyat hokimining o‘rinbosari Qo‘shtepa tumanidagi investisiya dasturidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi

×

 2024-09-27 11:03:06    28

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi o‘rinbosari N.Mamajonov Qo‘shtepa tumaniga tashrif buyurib investisiya dasturidagi korxonalar faoliyati bilan tanishib, muammoli  loyihalarni o‘rgandi.

N.Mamajonov dastlab “Qumtepa” mahallasida qurib bitkazilgan “Gren park product” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan muzlatkichli omborxona tashkil etish loyihasini ko‘zdan kechirdi. Qiymati 5,0 milliard so‘mni tashkil etgan ushbu loyiha 2024 yil davomida qurib bitkazilgan.

Shundan so‘ng, “Sarmazor” mahallasi hududida joylashgan “Sharq ravon” MCHJ tomonidan qurib bitkazilgan qiymati 10,0 milliard so‘m bo‘lgan poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirishni tashkil qilish loyihasi o‘rganildi. Hozirda ushbu loyihada 100 nafardan ortiq ish o‘rinlari yaratilgan.

Viloyat hokimi o‘rinbosari, “Rizo metal” MCHJ tomonidan tumanda barpo etilgan mix, shrup va samorez mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini ham borib ko‘rdi. Korxona tomonidan loyihani amalga oshirish maqsadida 500,0 ming dollar tadbirkor o‘z mablag‘laridan amalga oshirilgan.

Tumanining “O‘qchi” mahallasi hududida qurib bitkazilgan “Isfayramsoy export savdo” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan muzlatkichli omborxona tashkil etish loyihasi ham ko‘zdan kechirildi. Qiymati 6,0 milliard so‘mni tashkil etgan ushbu loyiha,  2024 yil davomida qurib bitkazilgan.

Bundan tashqari qo‘shtepalik yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ajratilgan yer maydonlariga ekilgan  mahsulotlar ham ko‘zdan kechirildi.